Toshkentda Bunyodkor shoh ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha («Chilonzor» metro bekati) bo‘lgan qismi transport harakati uchun yopildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Ko‘cha Milliy (sobiq «Bunyodkor» stadioni hududida avtomobil yo‘l o‘tkazgichi qurilishi sababli vaqtincha yopildi. Yo‘l qurilish ishlari yakuniga yetganidan so‘ng ochiladi.