Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bahslari davom etmoqda. Bugungi kunning ilk o‘yinida Shvetsiya va Angliya terma jamoalari kuch sinashdi.

Mazkur bahs oldidan ekspertlar inglizlarning ustunligini taxmin qilishgandi va bu amalda o‘z isbotini topdi.

Uchrashuv teng kurashlar bilan boshlandi. 1-taym o‘rtalariga kelib Angliya terma jamoasi ustunlikni o‘z tomoniga og‘dira boshladi. 30-daqiqaga kelib burchakda uzatilgan to‘pni Maguayr boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi.

Ikkinchi taymni shvedlar katta ishtiyoq bilan boshlashdi. Biroq britaniyaliklar bundan sarosimaga tushmadilar va 58-daqiqada Alli farqni ikkitaga yetkazdi. Mazkur hisob bahs oxiriga qadar o‘zgarmadi.

Endilikda Angliya yarimfinalda Rossiya — Xorvatiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Shvetsiya — Angliya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 — 30 Maguayr, 0:2 — 58 Alli.

Shvetsiya — Olsen, Kraft (Yansson, 85), Lindelyof, Grankvist, Augustinsson, Klasson, Larsson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Berg, Toyvonen (Gvidetti, 65).

Angliya -Pikford, Uoker, Stounz, Maguayr, Henderson (Dayer, 85), Tripper, Yang, Lingard, Alli (Delf, 77), Sterling (Reshford, 90), Keyn.

Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88), Larsson (90).

Video