5 iyul kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ikkita Nexia avtomobili to‘qnashuvi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Sho‘rchi tumanidagi maktab o‘qituvchisi boshqarib ketayotgan mashina «Darband-Boysun-Sho‘rchi-Elbayon» avtoyo‘lining 55-kilometrida «Oqkamar» mahallasida istiqomat qiluvchi Y.A boshqaruvidagi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan avtomobil bilan to‘qnashib ketadi.

Natijada ikki avtomobil haydovchisi va bir yo‘lovchi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi, yetti kishi olingan tan jarohatlaridan hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.