O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 6 iyul kuni Ostonaga keldi, xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Avval xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi.