Yil oxirigacha 40 ta bolalar bog‘chasi quriladi. O‘zbekiston prezidentining 2 iyundagi qarori bilan 2018 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi tasdiqlandi.

Yangi qurilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida 7775 o‘rinni tashkil etish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Qurilish vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda xorijiy tajribadan kelib chiqib va mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda 60, 135, 160, 235 va 385 o‘rinli MTMlar namunaviy loyihalari ishlab chiqildi. Eng ko‘p bolalar bog‘chaari Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — har bir hududda oltitadan bunyod etiladi. Mazkur maqsadlar uchun 402,2 mlrd so‘m sarflanishi belgilangan.

Bundan tashqari, 31,2 ming o‘rinli 298 ta MTMni rekonstruksiya qilish, 4770 o‘rinli 29 ta MTMni kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlarga 851,8 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.