Podpolkovnik Baxtiyor Nig‘manov Toshkent IIBB YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — YPX brigadalari komandiri etib tayinlandi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi. Baxtiyor Nig‘matov boshqa ishga o‘tgan Jamshid Jo‘rayev bilan o‘rin almashdi.

Baxtiyor Nig‘manov 2017 yildan buyon Toshkent viloyati YHXB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Muqaddam poytaxtning Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida yo‘l-patrul xizmatlari batalonlariga boshchilik qilgan.

Toshkent IIBB YHXB boshlig‘i lavozimiga may oyida Barat Mamenov vazifasidan ozod qilingandan buyon vakant qolmoqda. Mart oyida ishga tushirilgan YHXB sayti (ubdd.uz) ayni paytda ishlayotgani yo‘q.