O‘zbekistonlik arbitr Ravshan Ermatov Rossiyadagi 2018-yilgi jahon chempionatining qolgan uchrashuvlarida faoliyat ko‘rsatmaydi. Bunga Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ma’lumotlariga guvohlik bermoqda. FIFA hakamlar qo‘mitasi turnirning final bosqichlari uchun 17 nafar hakam, 37 nafar assistent va 10 nafar videoyordamchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Musobaqada Aliriza Fagani (Eron), Navaf Abdulla Shukrulla (Bahrayn), Malang Dediu (Senegal), Jenni Sikazve (Zambiya), Mark Geyger (AQSH), Jeyr Marrufo (AQSH), Sesar Arturo Ramos (Meksika), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Konjer (Yangi Zelandiya), Jyuneyt Chakir (Turkiya), Born Kuypers (Niderlandiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya) va Damir Skomina (Sloveniya) faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov jahon chempionatidagi ikki o‘yin: Argenina — Xorvatiya (0:3) va Ispaniya — Marokash (2:2) uchrashuvlarini bosh hakam sifatida boshqardi.