O‘zbekistondagi barcha Mehribonlik uylari va maktab-internetlarga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Bu haqda Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktab-internetdagi faoliyat davomidagi qo‘pol ravishda qoida buzilishlari, shuningdek, Marg‘ilondagi 1-Mehribonlik uyi xodimlarining tajovuz qilish va zo‘ravonlikda shubha ostiga olingani bois prokuratura organlari bu masalani maxsus nazorat ostiga oldi.

Boshqa Mehribonlik uyi va maktab-internatlarda tekshiruv o‘tkazilmoqda. Hozircha qoida buzilishlar aniqlanmadi, deya xabar berdi Surayyo Rahmonova.