Toshkent IIBB YHXB Toshkent tibbiyot akademiyasi hududidagi Maxtumquli ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga va Ekopark hududidagi Qodiriy ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga o‘tish yo‘llarini transport vositalarining ikki tomonlama harakatlanishi uchun ochish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar qildi.

Bundan tashqari, Maxtumquli ko‘chasida Katolik cherkovi qarshisida ortga qayrilishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qayd etish joizki, yaqinda Katolik cherkovi yaqinida uzoq yillar davomida yopiqt turgan Maxtumqulidan Qodiriyga o‘tish yo‘li ochilgan edi.

Bundan tashqari, Amur Temur shoh ko‘chasida (Ahmad Donish ko‘chasi bilan yo‘l o‘tkazgich yaqinida) va Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida (shahar markaziga ketish yo‘nalishida Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi bilan chorrahagacha) ortga qayrilishlar tashkil etildi.

Xaritada och ko‘k rangda harakat uchun ochilayotgan va sariqda — ko‘rib chiqilayotgan uchastkalar belgilangan.