7−10-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali janubiy xorijdan (Erondan) quruq va juda issiq havo oqimi kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.

Respublika bo‘yicha ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5−7 daraja baland haroratli anomal issiq havo hukmronlik qiladi. Kunduzgi soatlarda harorat 40−43 darajagacha isiydi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 44−45 darajagacha isib, garmsel — kuchli quruq va issiq shamol esishi mumkin.

7−10-iyul kunlari haroratning isishi manzarasida mamlakatning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan muzlarning erishidan hosil bo‘lgan sel oqimlarining kelishi ehtimoli bor.

6−9- iyul kunlari uchun ob-havo ma’lumoti