O‘zbekistonda Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi"gi qarorida so‘z boradi.

Adliya vazirligi rasmiy Telegram-kanalida xabar qilinishicha, markazning asosiy vazifasi choy urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, bu sohada mehnat qilayotgan fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va yirik sanoat choy plantatsiyalarini tashkil qilish hisoblanadi.