Angliya terma jamoasi JCH-2018 1/8 finali uchrashuvida Kolumbiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Asosiy va ekstra-taymlarda tomonlar 1:1 hisobni qayd etgan bo‘lsa, penaltilar seriyasida inglizlar kuchliroq bo‘ldi — 4:3.57-daqiqada Angliya penaltidan so‘ng hisobni ochdi. Himoyachi Karlos Sanches burchakdan zarba berish vaqtida hujumchi Xarri Keynga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Angliyalik esa 11 metrlik masofani aniq mo‘ljalga oldi.

Ikki taymning qo‘shimcha vaqtida Xuan Kuadro burchakdan jarima maydonchasi markaziga to‘p kiritdi, himoyachi Yerri Mina esa bosh bilan uni darvozga yo‘lladi — golkiper Jordan Pikford qaytara olmadi.

Penaltilar seriyasida kolumbiyalik Andres Uribe darvozfga to‘sini mo‘ljallab, zarbani golga aylantira olmadi.

Angliya terma jamoasi JCH-2018 ¼ finaliga chiqdi va Shvetsiya bilan uchrashadi.

E’tiborlisi, inglizlar 1996 yildan buyon xalqaro musobaqalarda penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan edi. Bunga JCHda inglizlar uch marta 11 metrlik zarbalarni bergan va har safar mag‘lub bo‘lgan.

Video

Chorak final jadvali

6 iyul

Urugvay — Fransiya (19:00, Nijniy Novgorod)

Braziliya — Belgiya (23:00, Qozon)

7 iyul

Shvetsiya — Angliya (19:00, Samara)

Rossiya — Xorvatiya (23:00, Sochi)