Toshkentda 4- va 5-shakl kvartira shaxsiy hisob raqamlarini tavsiyaviy tartibda ko‘p qavatli uylarda esti tizim bo‘yicha yuritilgan “uy kitoblari"ga almashtirish boshlandi. IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining xabar qilishicha, bu aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Ko‘p kvartirali uylar aholisi propiska, ro‘yxatdan chiqarish, shuningdek gaz, elektr, suv ta’minoti (issiq va sovuq suv) va isitish xizmatlari yoki notariat organlariga hujjatlar taqdim etish uchun 4- va 5- shakldan (kvartira hisob raqami, avval — 16 va 17-shakl) ko‘chirma olish maqsadida hududiy ichki ishlar bo‘limlarining ichki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhlariga murojaat qilar edi. Agar kvartira egasida “uy kitobi” bo‘lsa, bularni qilishga hojat bo‘lmaydi. Sababi “uy kitobi"da ro‘yxatga olinganlar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar bo‘ladi. Bundan tashqari, adliya organlari bilan notarial idoralarga “uy kitoblari"ni taqdim etishda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha kelishib olindi”, — deyiladi boshqarma xabarida.

“Uy kitobi"ni kitob va gazetalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlardan xarid qilish mumkin. Keyin mahalla fuqarolar yig‘ini sizning yashash manzilingizni yozishi va buni muhr bilan tasdiqlashi kerak. Shundan so‘ng ichki migratsiya va ichki ishlar boshqarmasining fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish guruhiga manzil bo‘ycha ro‘yxatga olingan, “uy kitobi"ga kiritiladigan oilaning barcha a’zolarining pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari bilan birga murojaat qilish kerak.

“Uy kitobi” saqlash uchun kvartira egasining o‘zida qoladi. So‘ngra oila a’zolarida o‘zgarishlar bo‘lganida yoki notarial organlarga murojaat qilinganda, shuningdek, uy-joy kommunal xizmatlariga “uy kitobi"ni taqdim etishning o‘zi kifoya.

№4 va 5 shaklidagi kvartira kartochkalarini “uy kitobi"ga almashtirish tavsiya ahamiyatga ega.