Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak final bahslari davom etmoqda. Bugun o‘tkazilgan Shvetsiya va Shveysariya terma jamoalari o‘yinida skandinaviyaliklar ustun keldi.

Ta’kidlash o‘rinli, mazkur bahsda «bankirlar yurti» vakillarining ustunligi sezilib turdi. Ammo buni amalda isbotlashga ularning kuchi yetmadi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Forsberg tomonidan kiritilgan gol yagona bo‘lib qoldi. Shu tariqa Shvetsiya terma jamoasi chorak final yo‘llanmasini hal qildi.

Shvetsiya — Shveysariya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 — 66 Forsberg.

Shvetsiya — Olsen, Lyustig (Kraft, 82), Lindelyof, Grankvist, Augustinsson, Klasson, Svensson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 82), Berg (Telin, 90), Toyvonen.

Shveysariya — Zommer, Lang, Juru, Akanji, Rodriges, Behrami, Jaka, Shakiri, Jemaili (Seferovich, 73), Suber (Embolo, 73), Drmich.

Ogohlantirishlar: Lyustig (31), Behrami (61), Jaka (68.
Chetlatish: Lang (90).