1 iyuldan e’tiboran O‘zbekistonning Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchixonalari shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritildi. O‘zbekiston prezidenti 1 iyul kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yili O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan tovar aylanmasi 253,9 mln AQSH dollari, Tojikiston bilan 237 mln dollar, Turkmaniston bilan 177,3 mln dollarni tashkil etdi. Ushbu davrda O‘zbekistonning mazkur davlatlar bilan umumiy tovar aylanmasi 668,2 mln dollarni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan deyarli 16 foizga oshdi.