30 iyun kuni Toshkent hokimiyati qoshidagi jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kengash tarkibi e’lon qilinib, axloq kodeksi qabul qilindi va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘mitalar belgilab olindi.

Kengash a’zolari 200 dan ortiq nomzodlar orasidan suhbat va fokus-guruhlar orqali tanlab olindi.

Jamoatchilik kengashi tarkibi:

  1. Hikmat Abdurahmonov (rais) — tadbirkor, qator kompaniyalar (O‘zbekiston-Xitoy savdo uyi, «TexnoPlaza», GroundZero) va jamoat tashabbuslari («Laboratoriya Biznesa», Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi,O‘zbekistonda tadbirkorlik xalqaro tarmog‘i (GEN) asoschisi;
  2. Nigora Oqilova -PR-menejer;
  3. Qodirjon Yusupov — diplomat, O‘zbekiston-Xitoy savdo uyi maslahatchisi;
  4. Aziza Sharipova — UzBAT yuridik bo‘limi boshlig‘i;
  5. Aziza Umarova — konsalting kompaniyasi rahbari;
  6. Diyor Mirzaahmedov — «Milliy marketing markazi» uyushmasi boshqaruv raisi;
  7. Naufalbek Sobirov — GS1 Uzbekistan avtomat identifikatsiyalar uyushmasi raisi;
  8. Anvar Irchayev — Orient Capital Managment investitsion kompaniyasi direktori;
  9. Xusniddin Atoyev — san’atshunos, fotojurnalist, musiqa sohasida xalqaro ekspert;
  10. Rustam Husanov — X-Places shahar tadqiqotlar markazi asoschisi;
  11. Nigora Hasanova — Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi rahbari;
  12. Suren Sapov — Afisha Media asoschisi va rahbari;
  13. Irina Matviyenko — «Laboratoriya biznesa» loyihasi bosh muharriri, Ladoshki.uz, Context.uz, Nemolchi.uz loyihalari asoschisi;
  14. Diyas Mutalov — Re-Form konsalting agentligi muassisi, Sotuvchilar maktabi asoschisi;
  15. Oybek Shayxov — tadbirkor, East-West Engineering loyiha instituti hamda INNOVO.tech kompaniyasi, Buyuk kelajak xalqaro notijorat tashkiloti hammuassisi, Biznes va investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston-Yevropa kengashi (Bryussel) bosh kotibi;
  16. Yuliya Yakovleva — Person Hunter kompaniyalar guruhi asoschisi;
  17. Muzaffar Qosimov — technoplaza.uz, clg.uz, ibt.uz, groundzero.uz hammuassisi;
  18. Ulug‘bek Majidov — shifokor, O‘zbekiston saratonga qarshi kurash uyushmasi prezidenti;
  19. Arsen Dlyanchev — Unique Present kompaniyasi asoschisi;
  20. Farhod Ibragimov — Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori.

Hokim v. b. tashabbusi bilan tashkil etilgan kengash (Facebook, Telegram) shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdagi muhim masalalarni hal etishda fuqarolar, jamoat birlashmalari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Yig‘ilishda jamoatchilik kengashi huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi komissiyalar ham e’lon qilindi. Ularga jamoatchilik kengashi a’zolari rahbarlik qiladi.