Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati-2018 1/8 finalida Daniya ustidan g‘alaba qozondi. Nijniy Novgorodda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1, penaltilar bo‘yicha esa 3:2 hisobida yakunlandi.Tomonlar birinchi taym boshidanoq gol urdi. 1- daqiqada Daniya himoyachi Matias Zanki Yorgensenning aniq zarbasi hisobiga hisobni ochdi. Biroq xorvatlar oradan uch daqiqa o‘tib hujumchi Mario Manjukich goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Asosiy vaqtda jamoalar oshqa gol kiritmadi. Qo‘shib berilgan vaqtda, 116-daqiqa xorvat yarim himoyachisi Luki Modrich penaltidan zarba berdi, biroq Kasper Shmeyxel uni qaytardi.

O‘yin natijasini penaltilar seriyasi hal qildi, unda xorvatlarning qo‘li baland keldi. Kasper Shmeyxel uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Xorvatiya chorak finalda Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Rossiya bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 7 iyul kuni 23:00 da Sochidagi «Fisht» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Video

YouTube`da ko‘rish