O‘zbekistonda sportchilarni jahon va Osiyo chempionatlari, olimpiya, paralimpiya va Osiyo o‘yinlari, Universiadalar, boshqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarga tayyorlash uchun 5 ta markaz tashkil etiladi. Norma.uz xabariga ko‘ra, bu haqda Vazirlar Mahkamasining 27 iyundagi «O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida so‘z boradi.

Gap quyidagi ob’ektlar faoliyatini tashkil etish haqida bormoqda:

  • Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi;
  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida milliy terma jamoalarning universal olimpiya tayyorgarligi markazi;
  • Jizzax viloyati Zomin tumanida gimnastika bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
  • Namangan viloyati Chortoq tumanida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
  • Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi.

2020 yilning oxirigacha markazlar hududida ular oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqadigan ehtiyojlarga muvofiq ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar olib boriladi.