O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 15 iyuldan 15 iyuldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravar oshiriladi.

Shuningdek, 15 iyulidan boshlab O‘zbekiston hududida eng kam:

  • ish haqi — oyiga 184 300 so‘m;
  • yoshga doir pensiyalar — oyiga 360 460 so‘m;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 360 460 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.

Farmonda xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlarga 15 iyuldan boshlab mazkur hujjatda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirish topshirildi.

Bunga qadar eng kam ish haqi 2017 yil dekabrda o‘rtacha 15 foizga oshirilgan edi.