Rossiya terma jamoasi jahon chempionati-2018 1/8 finalida Ispaniya jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida (3:4 — penaltiar seriyasida) yakunlandi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Rossiya o‘yinchisi o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. Marko Asensio jarimadan zarba berdi, Serxio Ramos Sergey Ignashevich bilan to‘p uchun kurashga kirishganda, Ignashevich to‘pni Igor Akinfeyev darvozasiga yo‘naltirdi.

41-daqiqada Rossiya hisobni tenglashtirdi. Aleksandr Samedov burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi, Artem Dzyuba bosh bilan o‘ynadi va to‘p Jerar Pikening qo‘liga tegdi. Hujumchining o‘zi 11 metrlik zarbani berdi — darvozabon De Xea uni qaytara olmadi.

Ispanlar bosimni kuchaytirdi, biroq Rossiya asosiy vaqtda hisobni ushlab turdi. Qo‘shib berilgan vaqtlarda ham darvozalarga gol kiritilmadi.

120 daqiqa o‘tganidan so‘ng penaltilar seriyasiga navbat berildi. Birinchi bo‘lib ispanlar zarba berdi.

Penaltilar seriyasida ispanlarda Koke va Yago Aspas 11 metrlik masofadan darvozani aniq mo‘ljallay olmadi.

Rossiya chorak finalda bugun 23:00 da bo‘lib o‘tadigan Xorvatiya-Daniya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.