Toshkent shahar hokimiyati va IIBB YHXB 2016 yilda Muqimiy ko‘chasining rekonstruksiyasini tayyorlagan loyihachilarning xatolarini to‘g‘irlashda davom etmoqda. Bu yerda yana bir chorraha — Shohjahon ko‘chasi bilan kesishmada (144-maktab yonida) ochildi.

Sal ilgari shu ko‘chaning Qatortol («Sport mahsulotlari» do‘koni) va Arnasoy ko‘chalari kesishmasida chorraha ochilgandi.

Mazkur ko‘chada hali hamon ko‘cha harakati ishtirokchilari, ayniqsa piyodalar uchun xavfsizlikni ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilishiga ehtiyoj sezilmoqda.

Muqimiy va Shota Rustaveli ko‘chalari hamda sobiq Oqtepa maydoni atrofi noqulay va xavfsiz bo‘lib turibdi.

Poytaxt hokimiyatida shahar yo‘l tarmoqlaridagi ko‘plab uchastkalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.