Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent o‘yinchoqlar fabrikasiga tashrif buyurdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. O‘tgan yili Olmazor tumanida bo‘lganida u ishlab chiqarish hududi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Olmazor tumanida bo‘lganida Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Bu yerda «NBU Investment» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. «Toys City», «O`yinchoqlar Fabrikasi», «Funny Kids World», «National Products» va «United Nation company» kabi mazkur korxonalarda bolalar uchun kiyim-kechaklar, turli buyumlar va o‘yinchoqlar ishlab chiqariladi. Ularda jami 920 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Bugungi kunda «Toys City» korxonasi ishga tushirilgan bo‘lib, 70 ga yaqin mahsulot tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.