30 iyun, shanba kuni soat 8:00 dan 11:00 ga qadar poytaxtning Temiryo‘lchilar va Haydar Aliyev ko‘chalari avtotransportlar uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan Mirobod tumanida marafon o‘tkazilishi sababli yo‘llar yopiladi. Marafon 8:00 da Temiryo‘lchilar ko‘chasida joylashgan avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan boshlanadi.

Toshkent shahar IIBB barcha xohlovchilarni marafonda qatnashishga taklif qiladi.