Oliy Majlis Senati juma kuni bo‘lib o‘tgan 15-yalpi majlisda Sardor Мирзаюсuпович Rustamboyevni O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi.

Sardor Rustamboyev (1979 y. t.) Birmingem universitetini tamomlagan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va London universiteti magistratura darajasi sohibi, siyosat fanlari nomzodi.

2000 yildan u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2017−2018 yillarda TIVning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlik boshqarmasini boshqargan bo‘lsa, 2018 yilda Global siyosat va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan.