26 iyun kuni Samarkand Bonds xalqaro moliyaviy korporatsiyasining o‘zbek so‘miga nominallashtirilgan obligatsiyasi uchinchi bor London fond birjasiga chiqarildi.

O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmatining matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, chiqarilgan obligatsiyaning umumiy narxi 80 milliard so‘mdan iborat. To‘lov muddati 2 yil, kupon stavkasi yiliga 9,45 foizni tashkil etadi.

Obligatsiyaning savdosi bo‘yicha Yevropaning uchta aktivlarni boshqarish kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan. Savdoni tashkil etish mas’uliyatini Citigroup Global Markets kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan. Mazkur obligatsiyaning shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot Bloomberg agentligining terminaliga joylashtirib boriladi.

Samarkand Bonds obligatsiyalari birinchi bor London birjasiga 18 may kuni 80 milliard so‘mlik narx, 2 yillik to‘lov muddati va 9,5 foiz kupon stavkasi bilan chiqarilgan edi. Uchinchi bor esa 29 may kuni xuddi shu shartlar bilan chiqarilgandi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi — iqtisodi o‘tish davrida bo‘lgan va xususiy sektorga e’tibor qaratgan davlatlarga xayrixoh bo‘ladigan global rivojlanish institutidir. XMKning o‘zbek so‘miga nominallashtirilgan obligatsiyalari xorijiy valyutaga sotiladi. Kelib tushgan mablag‘ O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida kredit yo‘nalishlarini ochishga sarflanadi.