Yaponiya terma jamoasi jahon chempionati H guruhining so‘nggi turida Polshaga qarshi maydonga tushdi va 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Volgogradda o‘tgan bahsning 59-daqiqasida Yan Bednarek yagona golni kiritdi.
Yaponiya termasi mag‘lub bo‘lganiga qaramay, o‘z tarixida uchinchi bor turnirning pley-offiga chidi.

Video

Kolumbiya terma jamoasi ham Senegal ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan holda 1/8 finalga yo‘llanma oldi. Samarada o‘tkazilgan bahning 74-daqiqasida Yerri Mina hisobni ochdi va bu natija o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi.

Kolumbiyaliklar 6 ochko jamg‘argan holda H guruhida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 4 ochko to‘plagan Senegal esa xuddi o‘zi singari ochkoga ega bo‘lgan Yaponiyaga qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha boy berib qo‘ydi.

Mundialning 1/8 finalida Kolumbiya va Yaponiya Angliya yoki Belgiya terma jamoalaridan biri bilan o‘ynaydi.

Video