Sobiq xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov Namangan davlat universiteti rektori bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ulug‘bek Inoyatov 2013 yildan joriy yil iyuniga qadar xalq ta’limi vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Undan avval esa Inoyatov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini boshqargan.

Namangan davlat universitetini esa bungacha Abdusalom Umarov boshqarib kelayotgan edi.

Xalq ta’limi vaziri lavozimiga esa, «Gazeta.uz» avvalroq xabar qilganidek, 20 iyun kuni Sherzod Shermatov tayinlandi.