Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga kirish imtihonlari ikki bosqichli ijodiy sinovlarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda O‘zA yangi ochilgan oliy o‘quv yurti vasiylik kengashining birinchi majlisi natijalariga ko‘ra xabar berdi.

Ijodiy imtihonning birinchi bosqichida soha mutaxassislari ishtirokida og‘zaki suhbat o‘tkaziladi. Keyingi bosqichda esa abituriyentlar berilgan topshiriq bo‘yicha ijodiy ish yozadi. Imtihonlarni 1 avgust kuni o‘tkaziladigan an’anaviy test sinovlari yakunlab beradi.

Yangi o‘quv yilida universitetning bakalavr yo‘nalishiga 100 nafar, magistraturaga 30 nafar, sirtqi bo‘limga esa 30 nafar talaba qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.