28 iyun kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Said Rustamov Tel-Avivga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Said Rustamov bunga qadar O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida va Tashqi ishlar vazirligining Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.