Braziliya terma jamoasi Serbiya, Shveysariyani mag‘lubiyatga uchratib, Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi. Jahon chempionati Ye guruhi o‘yinlari yakunlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Serbiya 0 : 2 Braziliya

Uchrashuv Moskvadagi «Spartak» stadionida bo‘lib o‘tdi. Braziliyaliklar tarkibida yarim himoyachi Paulino va himoyachi Tyago Silva 36- hamda 68-daqiqalarda gol kiritdi.

Braziliya yetti ball bilan Ye guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va turnir 1/8 finaliga yo‘l oldi. Serbiya uchinchi o‘rin bilan JCHni tark etdi.

Video


Shveysariya 2 : 2 Kosta-Rika

Uchrashuv «Nijniy Novgorod» stadionida bo‘lib o‘tdi. 31-daqiqada hisobni shveysariyalik o‘yinchi Blerim Jemaili ochdi. Ikkinchi taymda kostarikalik Kendal Uotson hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada Yosip Drmich yana Shveysariyani oldinga olib chiqdi, biroq qo‘shib berilgan vaqtda hujumchi Brayan Ruis penaltidan gol kiritdi va Kosta-Rika uchun durang qayd etdi.

Shveysariya termasi besh ochko to‘pladi va ikkinchi o‘rin bilan JCH 1/8 finaliga chiqdi. Kosta-Rika (1) so‘nggi o‘rin bilan turnirni tark etadigan bo‘ldi.

Video

Pley-off bosqichida Braziliya terma jamoasi Samaradagi «Samara Arena» stadionida 2 iyul kuni Meksika bilan o‘ynaydi. Shveysariya esa Sankt-Peterburgdagi shu nomdagi stadionda 3 iyul kuni Shvetsiya bilan uchrashadi.