Navoiy viloyatining Qizilqum cho‘lida qazish ishlari olib borilganda, u yerda suv mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Mart oyida O‘zbekiston prezidenti yil oxiriga qadar viloyatning olis cho‘l hududlarida yashovchi 8000 kishini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. «O‘zbekgidrogeologiya» tashkiloti gidrogeologik tekshiruvlar olib bordi. Natijada Utemurod, Keregetau, Jiriq, Qulumbet va Tomdi tumanidagi Oldabergan qishloqlarida quduqlar qurilishi rejalashtirilgan.

Utemurod aholi yashash punktida burg‘ilash uskunasi yordamida 300 metrlik quduq qazildi. 255−285 metr chuqurlikda suv borligi aniqlandi. Bu yerga filtr o‘rnatildi, quduqdan har soat 20 kubometr suv chiqadi. Kimyoviy tahlil uchun suv namunasi olindi.

Quduqlar tozalanganidan va zaruriy ishlar amalga oshirilganidan keyin bu ob’ekt ishga tushiriladi.