Germaniya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi turida Janubiy Koreya jamoasiga imkoniyatni boy berdi va raqiblar bilan birga turnirni tark etdi. Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Janubiy Koreya jamoasi tarkibidagi Kim Yun Kvon va Son Xin Min 92 va 96-daqiqalarda gollarga mualliflik qiqldi. Birinchi golni hisobga olish uchun hakam VAR videotakror tizimidan foydalandi. Ikkinchi gol esa darvozabon Manuel Noyer o‘z jamoadoshlariga yordam berish uchun raqib maydoniga yo‘l olganida urildi.

Amaldagi jahon chempioni uch uchrashuvda uch ochko yig‘di va F guruhida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan holda jahon chempionatini tark etdi. Janubiy Koreya terma jamoasi ham uch ball va uchinchi o‘rin bilan xalqaro musobaqadan chiqib ketdi.

Video

O‘z navbatida, Shvetsiya terma jamoasi Meksikani Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 3:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘oliblar tarkibida Lyudvig Augustinson va Andreas Grankvist golga mualliflik qildi. Yana bir golni Meksika termasi himoyachisi Edson Alvares o‘z darvozasiga kiritdi.

Video