Aralash janglar ustasi Murod Xonto‘rayev Toshkentda hibsga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi vakili Aziz Obidov «Gazeta.uz"ga rasman ma’lum qildi.

Jinoiy ishlar bo‘yicha Yunusobod tumani sudi Toshkent shahar prokuraturasining 22 iyun kuni hibsga olish shaklidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi so‘rovini qanoatlantirdi.

Murod Xonto‘rayevga (1987 yilda tug‘ilgan) nisbatan Jinoyat kodeksi 277-moddasining «b» va «v» bandlari bo‘yicha ish ochilgan (bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa,
b) bir guruh shaxslar tomonidan;
v) sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab).

Ayni paytda ayblanuvchi tergov izolyatorida saqlanmoqda. Aziz Obidovning aytishiga qaraganda, yana birыnecha kishi hibsga olingan.