Rossiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi turida Urugvay jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. «Samara Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.10-daqiqada Luis Suares jarima to‘pini aniq yo‘llab, urugvayliklarni oldinga olib chiqdi. 23-daqiqada esa hujumchi Denis Cherishev avtogol muallifi bo‘ldi. uchinchi gol o‘yin yakunlanishi arafasida Edinson Kavani burchadan yo‘llangan zarbani darvozaga yo‘lladi.

36-daqiqada Rossiya jamoasi Igor Smolnikov ikkinchi sariq kartochkani olganidan so‘ng o‘n kishi bo‘lib o‘yinni davom ettirdi.

G‘alaba Urugvayni, A guruhida birinchi o‘rinni egallab, navbatdagi bosqichga chiqishini ta’minladi. Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi.

JCH 1/8 finalida Rossiya termasi B guruhi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Navbatdagi raqib Ispaniya, Portugaliya yoki Eron bo‘lishi mumkin. Urugvay esa pley-off birinchi raundida B guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi o‘ynaydi.

Video

Saudiya Arabistoni 2 : 1 Misr

Volgogradda bo‘lib o‘tgan o‘yin hisobi 22 — daqiqada Misr termasi sardori Muhammad Saloh tomonidan ochildi.

41-daqiqada esa hujumchi Faxad Al-Muvallad hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Misrning 45 yoshli darvozaboni Essam Al-Xadariy penaltini qaytardi. Qo‘shilgan daqiqada esa Salmon Al-Farij hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqdi. U 11 metrlik masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

95-daqiqada Salom Al-Dossariy Saudiya Arabistoniga g‘alaba golini kiritdi.

Saudiya Arabistoni (3 ochko) va Misr (0) 2018 yilgi jahon chempionatini tark etdi.

Video