Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining Ispaniya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi bahsini boshqaradi. Uchrashuv 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da Kaliningradda o‘tkaziladi.

Referiga har doimgi assistentlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Zaxira hakami sifatida BAA vakili Muhammad Abdulla ishlaydi.

O‘zbekistonlik referi JCH o‘yinlarini boshqarish bo‘yicha rekordchi bo‘lib turibdi. Ayni paytda uning hisobida bosh hakam sifatida o‘tkazilgan 10 ta o‘yin mavjud.

Rossiyadagi jahon chempionatida Ravshan Ermatov Argentina — Xorvatiya (0:3) uchrashuvida o‘yinni boshqargan.