2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Angliya terma jamoasi Panama ustidan yirik hisobda ustun keldi, Yaponiya va Senegal esa murosa yo‘lini tanladi.

Angliya 6 : 1 Panama

Angliya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Panama ustidan yirik hisobda ustun keldi. Nijniy Novgorodda bo‘lib o‘tgan o‘yin 6:1 hisobida yakunlandi.

Himoyachi Felipe Baloy Panamaning jahon chempionatlaridagi ilk goliga mualliflik qildi.

Angliya va Belgiya termalari olti ochko bilan musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘l oldi. 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan bir o‘yinda esa G guruhidagi g‘oliblar nomi aniq bo‘ladi. Panama va Tunis 1/8 finaliga chiqish imkoniyatini boy berdi.

Video

Yaponiya 2 : 2 Senegal

Afrika jamoasi ikki marta hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa ham, yaponlar natijani tenglashtirishning uddasidan chiqdi. Senegalliklar goli Sadio mane va Mussa Vag tomonidan kiritilgan bo‘lsa, Yaponiya uchun Takasi Inui va Keysuke Xonda gol kiritdi.

Yaponiya va Senegal to‘rt baldan H guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinni band etdi. Ularning raqiblari — Polsha (0) va Kolumbiya (0) uchrashuvi 24 iyun kuni 23:00 da boshlandi.

Video