Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari davom etmoqda. Bugun Nigeriya Islandiya ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Shveysariya dramatik kechgan uchrashuvda Serbiyadan ustun keldi.

Ta’kidlash o‘rinli, Nigeriya terma jamoasi qo‘lga kiritgan g‘alabasi orqali Argentinaning imkoniyatlarini biroz oshirib berdi. Messi va uning jamoasi so‘nggi turda ko‘proq gol urishi va keyingi o‘yin natijasini kutishga majbur.
Mazkur bahs taqdirini Ahmad Musaning ikkinchi taymda kiritgan ikki goli hal qilib qo‘ydi.

Serbiya — Shveysariya o‘yini esa tamoman boshqacha kechdi. Uchrashuv boshidayoq Mitrovichning kiritgan golidan so‘ng serbiyaliklar oldinga chiqib olishdi. Biroq taslim bo‘lishni istamagan Shveysariya terma jamoasi yakunda g‘alabani o‘ziniki qilib oldi.

Jaka 52-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90 daqiqaga kelib Shakiri gol urib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi.

Nigeriya — Islandiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 — 49 Musa, 2:0 — 75 Musa.

Nigeriya — Uzoxo, Balogun, Trost-Ekong, Omeruo, Mozes, Ndidi, Obi Mikel, Etebo (Ivobi, 90), Idovu (Ebuexi, 46), Musa, Ixeanacho (Igalo, 85).

Islandiya — Xalldoursson, Sevarsson, Arnason, Sigurdsson (Ingason, 65), Magnusson, Gislason, Gunnarsson (Skulason, 87), Sigurdsson, Byarnason, Bedvarsson (Sigurdarson, 71), Finnbogason.
Ogohlantirishlar: Idovu (44).

Serbiya — Shveysariya 1:2 (1:0, 0:2)

Gollar: 1:0 — 5 Mitrovich, 1:1 — 52 Djaka, 1:2 — 90 Shakiri.

Serbiya — Stoykovich, Ivanovich, Milenkovich, Toshich, Kolarov, Milivoyevich (Radonich, 81), Matich, Tadich, Milinkovich-Savich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.

Shveysariya — Zommer, Lixtshtayner, Sher, Akanji, Rodriges, Behrami, Jaka, Shakiri, Jemaili (Embolo, 73), Suber (Drmich, 90), Seferovich (Gavranovich, 46).

Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoyevich (39), Matich (45), Mitrovich (87), Shakiri (90).