O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining yangi rahbari Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoq orqali aholiga murojaat qilib, maktab ta’limi tizimidagi muammolarni hal qilish uchun takliflar bildirishlarini so‘radi.

«Prezidentimiz tomonidan Xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi hurmatini yuqori darajaga ko‘tarish, maktablarning holatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha juda katta vazifalar belgilab berildi», — deb yozadi Sherzod Shermatov.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun maktab ta’limi sohasidagi mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha fuqarolar o‘z taklif-mulohazalarini bildirishlari so‘raladi. Takliflarni quyidagi onlayn forma orqali (anonim ravishda bo‘lsa ham) yuborish mumkin.