Futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Argentina terma jamoasi Xorvatiyaga 0:3 hisobida yutqazib o‘ydi. Mazkur uchrashuvda hakamlik qilgan o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov jahon chempionatlaridagi 10-o‘yinini boshqargan holda rekord o‘rnatdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bosh hakamning ishiga turlicha baho berdilar.

Rus tilidagi matnlar aholimizning aksar vakillariga tushunarli bo‘lgani uchun tarjima qilmaslikka qaror qildik.

«Guruh bosqichidagi eng yaxshi chiqish? Yagona va takrorlanmas Ravshan Ermatov… Bugun to‘liq boshqaruv va nazorat uning qo‘lida».

«O‘yinni mutlaqo chiroyli boshqargan Ravshan Ermatovga rahmat aytmoqchiman. Yuqori darajadagi referi! Ajoyib harakatlar. Kollina uslubiga o‘xshashlik bor».«Men Argentinaga ishqibozlik qilaman, biroq Xorvatiya ajoyib ishni amalga oshirdi. Kun hazili: Argentinaning jahon chempionatidagi eng katta muammosi Ravshan Ermatov. Oxirgi marta Argentina Germaniyaga 0:4, bu gal esa Xorvatiyaga 0:3 hisobida yengildi».


Ba’zilar Ravshan Ermatov o‘yin ustidan nazoratni yo‘qotganini va kerakli darajada qat’iyatli bo‘la olmagan deb hisoblamoqda. U butun uchrashuv davomida yetti marta sariq kartochka ko‘rsatdi.

«Ermatov yomon ishladi. O‘yin ustidan nazorat o‘rnatilmadi, Xorvatiyadan [Ante] Rebich, Argentinadan [Nikolas] Otamendi qizil kartochka olmadi. Videotakrorlar bilan qarama-qarshilik ko‘p bora kuzatildi».

Rossiyalik sharhlovchi Vasiliy Utkin o‘zbekistonlik hakam sha’niga qo‘pol so‘zlarni bildirdi.

Tvit o‘zbekistonlik ishqibozlarning g‘azabini keltirdi. Ertasiga ertalab sharhlovchi norozi ishqibozlarga javob qaytardi.

Sal vaqt o‘tib u o‘zining Telegram messenjeridagi kanali orqali quyidagilarni yozib qoldirdi: «Ravshan Ermatov ajoyib arbitr. Hakam haqida yomon so‘zlarni aytmagan ishqiboz yo‘q. Men o‘zbek xalqiga, o‘zbek futboliga, o‘zbek oshiga va umuman O‘zbekistonga hech qanday qarshiligim yo‘q. Ammo men ishqibozlik qilish, aqlimni yo‘qotish huquqiga egaman. Ermatovga Xudo omad bersin».

Britaniyaning The Sun nashri Ravshan Ermatov Xorvatiya hujumchisi Ante Rebichni maydondan chetlatishi kerak bo‘lganini ta’kidladi. 39-daqiqada xorvat Eduardo Salvioga butsa tagi bilan ochiqchasiga zarba berdi. Referi qizil o‘rniga Rebichga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Foto: «Sports-Ekspress».


Ravshan Ermatov mazkur jamoalar ishtirokidagi to‘rtinchi o‘yinini boshqardi. 2010 yilda u Argentina terma jamoasining ikki o‘yinini, 2014 yilda esa xorvatlar ishtirokidagi uchrashuvni boshqargandi.