O‘zbekiston va Qozog‘iston aviatsiyasi rahbariyati Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakatning katta shaharlari o‘rtasidagi reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytirishga kelishib olishdi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent va Ostona o‘rtasidagi reyslar haftasiga 4 martadan 6 martaga ko‘tariladi. Toshkent va Olmaota o‘rtasida esa haftasiga har ikki tomon uchun 7 martadan 10 martacha ko‘tardi. Umuman olganda Milliy aviakompaniya bu yo‘nalishlarda haftasiga 32 ta reysni amalga oshira oladi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» va Air Astana o‘rtasida shartnoma imzolanishi bo‘yicha kodshering kelishuviga erishdilar.

MAK A320 samolyotida Olmaotaga har kuni uchishlarni amalga oshiradi, Ostonaga esa bir haftada to‘rt marta: haftaning birinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi kunlari uchiladi.