Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichi 2-tur o‘yinlari davom etmoqda.

Fransiya va Peru terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda yevropaliklarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv boshidanoq tashabbusni o‘z qo‘liga olgan fransuzlar 34-daqiqada Kilian Mbappe kiritgan goldan so‘ng hisobda oldinga chiqib olishdi. Mazkur gol o‘yinda yagona bo‘lib qolishi bilan birga, Fransiyaga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.

Ikkinchi bo‘limda perulik futbolchilar bir necha bor uzoqdan xavfli zarba yo‘llagan bo‘lishlariga qaramay, ularning bari noaniq chiqdi.

Fransiya — Peru 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 — 34 Mbappe.

Fransiya — Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Kante, Pogba (Nzonzi, 89), Mbappe (Dembele, 75), Grizmann (Fekir, 80), Matyuidi, Jiru.

Peru — Galese, Advinkula, Ramos, Rodriges (Santamariya, 46), Trauko, Akino, Yotun (Farfan, 46), Karrilo, Kueva (Ruidias, 82), Flores, Gerrero.

Ogolantirishlar: Matyuidi (16), Gerrero (23), Akino (81), Pogba (86).