Olmaotada xuddiki 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan 10 turdagi soxta dori vositalari O‘zbekiston dorixonalarida paydo bo‘lgani haqidagi axborot yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

19 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda, biroz o‘tib bir qator internet nashrlarda Xorazm viloyati Urganch tumani prokurorining tuman tibbiyot birlashmasi va «Xorazm dori-darmon» (dorixonalar tarmog‘i)ga soxta dori vositalarini sotuvdan yo‘q qilish kerakligi haqida yo‘llagan xati paydo bo‘ldi.

Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan bu xat «noto‘g‘ri» deb ataldi va shu sababli hech qanday huquqiy kuchga ega emasligi bildirildi. Xatda ko‘rsatilgan dorilarni sotuvdan olib tashlash uchun hech qanday choralar ko‘rilmadi.

Viloyat prokuraturasidagilar bu voqeadan xavotirga tushgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib odamlardan uzr so‘radi. Va Urganch tumani prokurorining harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Bosh prokuraturaning Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib ma’lumot berishicha, xatda nomi keltirilgan dori vositalari bilan bog‘liq hech qanday ko‘ngilsiz hodisa yuz bermagan.

Eslatish o‘rinli, 10 turdagi soxta dorilarni ichish oqibatida 12 nafar bolaning vafot etgani haqidagi xabarlar MDH mamlakatlarida 2012 yildan boshlab tarqatib kelinadi.