Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari davom etmoqda.

Kechagi kunning so‘nggi o‘yinida Eron terma jamoasi Ispaniyaga yutqazib qo‘ydi.

Kuchli terma jamoalarga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatish zarurligini yaxshi bilgan Eron Ispaniyaga jiddiy muammo keltirib chiqardi. Natijada 1-taymda pireneyliklar forslar darvozasiga yo‘l topa olmadi.
2-bo‘limning 54-daqiqasida Diyego Kosta uchrashuvda hisobni ochdi. Shundan so‘ng hujumga zo‘r bergan eronliklar birin-ketin hujumlar uyushtirishdi. Hatto bir vaziyatda hisobni tenglashtirishdi ham. Ammo hakamlar offsayd bo‘lganini qayd etishdi.

Eron pley-offga chiqishi uchun oxirgi turda Portugaliyani mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.

Eron — Ispaniya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 — 54 Diyego Kosta.

Eron — Beyranvand, Puraliganji, Hussayni, Rezayan, Hajsafiy (Muhammadi, 69), Izzatullahi, Ibrohimi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Jahonbaxsh, 74), Azmun, Taremi.

Ispaniya — De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diyego Kosta (Rodrigo, 89).

Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ibrohimi (90).