Chorshanba kuni Toshkent halqa avtoyo‘lidagi asosiga shikast yetgan ikkita simyog‘och o‘rniga uchta beton elektr o‘tkazgich o‘rnatildi. Ularning qulashi natijasida atrofdagi hudud bir qariyb bir sutka elektr tarmog‘idan uzilib qolgandi. Soat 18:00 da elekto tarmog‘i qayta tiklandi. Aholi shuningdek suv ham uzilganini xabar qilgandi.

19 iyun kuni kechqurun «O‘rikzor» bozori va Nazarbek posyolkasi o‘rtasida simyog‘och qulab tushdi. Unga yaqin joylashgan ikkinchi simyog‘ochning esa yuqori qismiga shikast yetdi.

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati bergan ma’luotga ko‘ra, ushbu voqea natijasida hech kimga zarar yetmagan. Ammo Nazarbek tomondagi avtomashinalarning harakati to‘xtatildi.

Tiklash ishlarida Toshkent shahar IIB, Toshkent shahar elektr tarmoqlari va Uchtepa hokimligi xodimlari, shuningdek, yaqin-atrofda joylashgan maktab o‘qituvchilari qatnashdi.

Ish bajarilayotgan paytda mashinalar qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qildi.