Mazkur tur doirasida bo‘lib o‘tgan Daniya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda g‘olib aniqlanmadi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Eriksen Daniya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Bahsning 38-daqiqasida hakam yevropaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi va Yedinak aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Eslatish o‘rinli, 1-turdagi Fransiyaga qarshi o‘yinda ham penaltini Yedinak amalga oshirgandi.

Ikkinchi taymda jamoalar qanchalik harakat qilmasin, hisob o‘zgarmay qoldi.

Daniya — Avstraliya 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 1:0 — 7 Eriksen, 1:1 — 38, penalti Yedinak.

Daniya — Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen, Shene, Dileyni, Eriksen, Sisto, Yorgensen (Kornelius, 68), Poulsen (Breytueyt, 59).

Avstraliya — Rayan, Seynsberi, Bexich, Risdon, Milligan, Lekki, Yedinak, Muy, Rogich (Irvayn, 82), Kruz (Arzani, 68), Nebbaut (Yurich, 75).

Ogohlantirishlar: Poulsen (37), Sisto (84).