Ichki ichlar vazirligi matbuot xizmati yong‘in xavfsizligi tizimida bir qator o‘zgarishlar bo‘lgani ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-jangovar tayyorgarlik va yong‘inni o‘chirishni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Jo‘rayev tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-yong‘in nazorati va profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa Davron Saidkamalovich Qambarov tayinlandi.

Shuningdek, Abduxoliqov Abdurazzoq Abdumutalipovich Toshkent viloyati IIB YOXB boshlig‘i, Avazov Abdug‘ani Abdusattorovich Andijon viloyati IIB YOXB boshlig‘i, Agzamov Azizxon Abralxanovich Surxondaryo viloyati IIB YOXB boshlig‘i, Ibragimov Ravshan Nazarovich Jizzax viloyati IIB YOXB boshlig‘i, Sultonov Alisher Akimjonovich Namangan viloyati IIB YOXB boshlig‘i, Xushnazarov Shokarim Bahodirovich Buxoro viloyati IIB YOXB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.