O‘zbekiston tarixida birinchi marta mamlakat jamoasi qizlar uchun yirik Technovation Challenge 2018 xalqaro tanlovi finaliga yo‘l oldi, deya xabar qildi tashkilotchilar «Gazeta.uz"ga.

20 iyun kuni butun dunyodan eng yaxshi 12 finalchi aniqlab olindi. Finalchi jamoalar yosh guruhlari bo‘yicha ajratib chiqildi: 6 ta jamoa katta yoshlilar (15−18 yosh) va 5 ta jamoa kichik yosh (10−15 yosh).

Kichik guruhlar o‘rtasidagi finalchilardan biri — O‘zbekistondan Generation Zjamoasi ELIST (video) ilovasini taqdim etdi. Jamoa loyihani finalda xalqaro hakamlar jamoasiga taqdim etish uchun Kaliforniyaga (AQSH) boradi.

6−10 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan finalda jamoalar ikkita birinchi o‘rin (har bir yosh guruhida bittadan) uchun kurash olib boradi.

Jamoa a’zolari: Toshkentdagi maktab o‘quvchilari Muslima, Sevinch, Tamila va Faringiz. Mentorlar: Charos Shavkatova va Muazzamxon Yusupova. IT-mentorlar: Dostonxon Ozodxo‘jayev va Mirkamol Hamidov.

ELIST mobil ilovasi oilada gender tengligiga bag‘ishlangan bo‘lib, uy ishlarini bolalar va qizlar o‘rtasida teng taqsimlashga yordamlashadi.

Joriy yilda tanlovda 2000 dan oshiq jamoalar qatnashdi. Ularning 29 tasi O‘zbekistondan (jumladan 2 tasi Urganch va Qarshidan). Xalqaro yarim finalga O‘zbekistondan 6 jamoa yo‘l oldi.

Technovation loyihasidan ko‘zlangan maqsad — 10−18 yoshli qizlarda tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik va dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Qizlar muhim ijtimoiy muammolarni hal etish, loyiha biznes rejalarini yozishni o‘rganadi, loyiha haqida videoga olib, uni tanlov finalida taqdim etadi.