Toshkent shahar IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan haydovchilarni tayyorlovchi Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining sho‘’ba unitar korxonasi rahbari o‘rinbosari o‘z xonasida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, u 500 AQSH dollari va 200 ming so‘m miqdorida «mukofot puli"ni mashg‘ulotlarga kelmasdan guvohnoma olishga yo‘l ochib berishi uchun olmoqchi bo‘lgan.

Prokuratura tomonidan qo‘lga kiritilgan daliliy ashyolar va materiallar asosida qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.