Amerika Qo‘shma Shtatlari BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibidan chiqishini ma’lum qildi. AQSHning BMT huzuridagi vakili Nikki Xeyli Kengashni «faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlaydigan va inson huquqlarini mazax qiluvchi ikkiyuzlamachi tashkilot» deb atadi. Bu haqda BBC Rus xizmati xabar qildi.

O‘tgan yili u Vashington mazkur tashkilot tarkibidan chiqish haqidagi masala ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi.

Qarorgohi Jenevada joylashgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 2006 yilda tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibiga inson huquqlari sohasida shubhali obro‘ga ega davlatlar kirgani sababli tanqid qilib kelinadi.

«Xitoy, Kuba, Kongo va Venesuela kabi a’zolar bilan Kengash inson huquqlari bo‘yicha o‘z nomiga ega emas», — deya iqtibos keltiriladi AQSHning BMT huzuridagi missiyasi Tvitter-sahifasida.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn mazkur bayonotdan xafa ekani, biroq ajablanmaganini ma’lum qildi.

AQSH qarori noqonuniy migrant oilalarining bo‘linishi siyosati bo‘yicha Oq u tanqidlar ostida qolgan manzarada qabul qilindi. Zayd Raad al-Husayn mazkur siyosatni g‘azablantiruvchi deb atadi.

Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Human Rights Watch tashkiloti AQSH qarorini muhokama qilib, prezident Tramp siyosatini biryoqlama deb atadi.

Nikki Xeyli davlat kotibi Mayk Pompeo bilan qo‘shma matbuot anjumanida AQSH inson huquqlarini himoya qilishda davom etishini qo‘shib o‘tdi.