Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda.

Mazkur uchrashuv oldidan ko‘pchilik Kolumbiyaning qiyinchiliksiz g‘alaba qozonishini taxmin qilgandi. Biroq amalda buning teskarisi bo‘ldi.

To‘rt yil oldingi mundialda eng kuchli sakkiz jamoaning biri bo‘lgan kolumbiyaliklar bu o‘yinda unchalik ham o‘zlariga o‘xshamadilar.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq janubiy amerikaliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini Kagava aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Shundan so‘ng biroz faollashgan kolumbiyalik futbolchilar 1-taym oxirlarida Kinteroning golidan so‘ng muvozanatni tikladilar.

Uchrashuvning 73-daqiqasida Osako kiritgan gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi va yaponlarga g‘alaba olib keldi.

Yaponiyaning jahonni eng kuchli jamoalaridan bo‘lgan Kolumbiyani mag‘lub etgani barchani hayron qoldirdi.

Kolumbiya — Yaponiya 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 0:1 — 6, penalti Kagava, 1:1 — 39 Kintero, 1:2 -73 Osako.

Kolumbiya — Ospina, Murilo, Moxika, Aryas, Sanches, Lerma, Sanches, Kintero (Xames, 59), Kuadrado (Barrios, 31), Iskerdo (Bakka, 70), Falkao.

Yaponiya — Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 80), Kagava (Xonda, 70), Xaraguti, Inui, Osako (Okadzaki, 85).

Ogohlantirishlar: Barrios (64), Xames (86), Kavasima (90). Chetlatish: Sanches (3).